Majburiy avtosug'urta qoidalari (VM qarori №141, 2008)

I2-47⁹-band. V¹. Yo'l-transport hodisasi to'g'risidagi xabarnomani tuzish asoslari va tartibi — I2-47⁹-band

Sug'urtalovchi yo'l-transport hodisasi to'g'risidagi xabarnoma ushbu Qoidalarning 47⁴-bandida ko'rsatilgan materiallar va hujjatlar ilova qilingan holda taqdim etilgan kundan e'tiboran o'n besh kalendar kun ichida sug'urta tovonini to'lash to'g'risida yoki uni to'lashni rad etish haqida qaror qabul qiladi. Transport vositalarini ko'zdan kechirish, mustaqil ekspertizani hamda o'rni qoplanishi lozim bo'lgan zararning miqdorini belgilash uchun baholashni tashkil etish ushbu bandning birinchi xatboshisida ko'rsatilgan muddatda sug'urtalovchi tomonidan amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.