Jabrlanuvchilarga zarar yetkazilishiga olib kelgan yo'l-transport hodisasi ishtirokchisi bo'lgan sug'urta qildiruvchi (fuqarolik javobgarligi majburiy sug'urta shartnomasi bo'yicha sug'urtalangan boshqa shaxs) mazkur hodisaning boshqa ishtirokchilari talabiga ko'ra ularga ushbu transport vositasi egalarining fuqarolik javobgarligi sug'urtalangan majburiy sug'urta shartnomasi to'g'risidagi ma'lumotlarni xabar qilishi shart.
Sug'urta qildiruvchi (fuqarolik javobgarligi majburiy sug'urta shartnomasi bo'yicha sug'urtalangan boshqa shaxs) yoki uning vakolatli vakili sug'urta hodisasi sodir bo'lganda:
jabrlanuvchiga (uning merosxo'rlariga yoki huquqiy vorislariga) yo'l-transport hodisasi kunidan boshlab uch kalendar kundan kechiktirmay sug'urta polisining nusxasini topshirishi;
davlat yo'l harakati xavfsizligi xizmati xodimlarining yetib kelishini kutishi, imkoni boricha yo'l-transport hodisasi guvohlarining familiyasi va manzilini yozib olishi;
darhol, yo'l-transport hodisasidan keyin 72 soatdan kechiktirmay, sodir bo'lgan hodisa haqida ushbu Qoidalarga 6-ilovaga muvofiq yozma yoki elektron shaklda, sug'urta polisining nusxasini ilova qilgan holda sug'urtalovchiga (uning filialiga) yo'l-transport hodisasi sodir bo'lgan joydagi va transport vositasi ro'yxatdan o'tkazilgan joydagi davlat yo'l harakati xavfsizligi xizmatiga bildirishi kerak. Bildirishnomada hodisaning xususiyati, sodir bo'lgan payti, ko'rilishi taxmin qilingan zararning miqdori, yo'l-transport hodisasiga aloqador barcha shaxslarning, shu jumladan taxmin qilingan da'vogarlarning nomlari va manzillariga taalluqli axborot imkon qadar to'liq hajmda, shuningdek sug'urta qildiruvchi hodisa haqida ilk marotaba qay tarzda xabardor bo'lganligi va sug'urta qildiruvchining nega hodisani talabnoma bildirishga sabab bo'lishi mumkin deb hisoblashiga oid tafsilotlar majburiy tartibda ko'rsatilishi kerak;
sug'urtalovchiga sug'urta hodisasi munosabati bilan unga nisbatan qo'yilayotgan barcha talablar yoki unga qarshi boshlangan sud muhokamasi to'g'risida darhol xabar qilishi, zarar yetkazilishi holatlari to'g'risidagi barcha ma'lumotlarni va vakolatli organlardan olingan, sug'urta hodisasining sabablari hamda oqibatlarini, zararning xususiyati va miqdorini belgilash uchun zarur bo'lgan hujjatlarni sug'urtalovchiga taqdim etishi;
yo'l-transport hodisasi to'g'risidagi xabarnoma tuzilgan vaqtdan e'tiboran uch ish kuni ichida mazkur xabarnomani ushbu Qoidalarning 47⁴-bandida ko'rsatilgan materiallar va hujjatlarni ilova qilgan holda sug'urtalovchiga taqdim etishi;
zararning oldini olish va (yoki) kamaytirish yuzasidan mumkin bo'lgan barcha choralarni ko'rishi kerak.
lex.uz’dagi asl matnMajburiy avtosug'urta qoidalari (VM qarori №141, 2008)
I2-34-band. IV. Sug'urta hodisasi sodir bo'lganda shaxslarning harakatlari — I2-34-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.