Majburiy avtosug'urta qoidalari (VM qarori №141, 2008)

I2-32-band. III. Sug'urta summasi, sug'urta mukofoti va sug'urta mukofotini to'lash tartibi — I2-32-band

Majburiy sug'urta shartnomasi bo'yicha sug'urta mukofoti sug'urta qildiruvchi tomonidan sug'urtalovchiga (uning filialiga yoki sug'urta agentiga) majburiy sug'urta shartnomasini tuzish vaqtida naqd yoki naqdsiz hisob-kitob yo'li bo'yicha biryo'la to'lanadi. Naqd hisob-kitob bo'yicha sug'urta mukofotini to'lashda sug'urtalovchi (uning filiali yoki sug'urta agenti) tomonidan pul mablag'lari qabul qilingan sana to'lov sanasi hisoblanadi. Naqdsiz hisob-kitob bo'yicha sug'urta mukofotini to'lashda pul mablag'larining sug'urtalovchining (uning filiali yoki sug'urta agentining) bankdagi hisob raqamiga tushgan sanasi sug'urta mukofoti to'langan sana hisoblanadi
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.