Majburiy avtosug'urta qoidalari (VM qarori №141, 2008)

9-band. IV. Jamg'arma mol-mulkini shakllantirish va uning mablag'laridan foydalanish tartibi — 9-band

Jamg'armaning mol-mulki: transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish faoliyati bilan shug'ullanuvchi sug'urtalovchilarning bir yo'la va kalendar to'lanadigan badallari; Jamg'arma tomonidan jabrlanuvchiga yetkazilgan zarar uchun javobgar shaxslarga nisbatan regress va subrogatsiya huquqini amalga oshirishdan tushgan mablag'lar; Jamg'armaning pul mablag'larini joylashtirishdan olinadigan daromadlar; buyurtma asosida to'lov evaziga majburiy sug'urta qilish bilan bog'liq masalalar va nizolar yuzasidan huquqiy maslahat xizmatini, yo'l-transport hodisasi to'g'risidagi xabarnoma bilan bog'liq adjasterlik va baholash xizmatini ko'rsatishdan olingan daromadlar; qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobiga shakllanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.