Majburiy avtosug'urta qoidalari (VM qarori №141, 2008)

10-band. IV. Jamg'arma mol-mulkini shakllantirish va uning mablag'laridan foydalanish tartibi — 10-band

Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish faoliyati bilan shug'ullanuvchi sug'urtalovchilarning Jamg'armaga bir yo'la to'lanadigan badali Jamg'armaga badal kiritish kunida sug'urtalovchi ustav fondining qonunchilik hujjatlarida belgilangan eng kam miqdorining 0,1 foizini tashkil etadi. Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish faoliyati bilan shug'ullanuvchi sug'urtalovchilarning Jamg'armaga to'lanadigan kalendar badallari sug'urtalovchilar tomonidan yilning har choragida Jamg'armaga o'tkaziladigan pul mablag'laridan iborat bo'ladi. Kalendar badal miqdori sug'urtalovchi bilan tuzilgan majburiy sug'urta shartnomalari bo'yicha umumiy sug'urta summasi hisobot choragida o'sishi hajmidan kelib chiqib maxsus vakolatli davlat organi bilan kelishuv bo'yicha Jamg'armaning kuzatuv kengashi tomonidan belgilanadi. To'langan kalendar badallar summasi Jamg'armaning kuzatuv kengashi tomonidan belgilangan miqdorga yetganda sug'urtalovchilar tomonidan kalendar badallar to'lash maxsus vakolatli davlat organi bilan kelishgan holda majburiy sug'urta shartnomalari bo'yicha umumiy sug'urta summasidan kelib chiqib to'xtatib turiladi. Majburiy sug'urta shartnomalari bo'yicha jami sug'urta summasi o'zgargan taqdirda, sug'urtalovchi tomonidan Jamg'armaga to'langan kalendar badallar summasi qayta hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.