Ushbu Qonunga muvofiq quyidagilar oqibatida fuqarolik javobgarligining yuzaga kelishi sug'urta hodisasi hisoblanmaydi:
majburiy sug'urta bo'yicha sug'urta polisida (bundan buyon matnda sug'urta polisi deb yuritiladi) ko'rsatilmagan transport vositasidan foydalanilganda zarar yetkazilganligi;
ma'naviy zarar yetkazilganligi va (yoki) boy berilgan foydaning o'rnini qoplash majburiyatining yuzaga kelganligi;
transport vositasidan maxsus ajratilgan joylarda musobaqalar, sinovlar yoki o'quv mashqlari mobaynida foydalanilganda zarar yetkazilganligi;
atrof muhitning ifloslanganligi;
tashilayotgan yuk ta'sirida zarar yetkazilganligi, agar bunday javobgarlik majburiy sug'urtaning tegishli turi to'g'risidagi qonunchilikka muvofiq majburiy sug'urta qilinishi lozim bo'lsa;
xodimlar xizmat yoki mehnat majburiyatlarini bajarayotganida ularning hayoti yoki sog'lig'iga zarar yetkazilganligi, agar bu zararning o'rni majburiy sug'urtaning tegishli turi to'g'risidagi qonunchilikka muvofiq qoplanishi lozim bo'lsa;
xodimga zarar yetkazilganligi tufayli kelib chiqqan zararning o'rnini ish beruvchi tomonidan qoplash majburiyati;
yo'lovchining hayoti, sog'lig'i va (yoki) mol-mulkiga ziyon yetkazilganligi tufayli kelib chiqqan zararlarning o'rnini tashuvchi tomonidan qoplash majburiyati;
haydovchining o'zi boshqarayotgan transport vositasiga va uning tirkamasiga, ularda tashilayotgan yukka va (yoki) ularga o'rnatilgan uskunalarga zarar yetkazganligi;
yukni ortish yoki tushirishda, shuningdek transport vositasi mazkur transport vositasining egasi bo'lgan korxona, muassasa yoki tashkilot hududida harakatlanayotganida zarar yetkazilganligi;
moddiy madaniy meros ob'yektlariga, nodir va boshqa noyob buyumlarga, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlardan va metallardan ishlangan buyumlarga, diniy qadriyatga ega buyumlarga hamda intellektual faoliyatning boshqa mahsullariga, qimmatli qog'ozlarga, naqd pullarga, shu jumladan chet el valyutasiga shikast yetkazilganligi yoki ularning yo'q qilinganligi;
jabrlanuvchilarning sug'urta hodisasi yuzaga kelishiga qaratilgan qasddan qilingan harakatlari natijasida zarar yetkazilganligi.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan hollarda trancport vositasi egalarining fuqarolik javobgarligi yuzaga kelgan taqdirda yetkazilgan zararning o'rni ular tomonidan qonunchilikka muvofiq qoplanishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn«Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risida»gi qonun
8-modda. Sug'urta hodisasi hisoblanmaydigan fuqarolik javobgarligining yuzaga kelishi
(8-модда биринчи қисмининг олтинчи ва еттинчи хатбошилари Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.