Ushbu Qonunda belgilangan majburiy sug'urta bo'yicha majburiyatning transport vositalari egalari tomonidan bajarilishini nazorat qilish transport vositalarini ro'yxatdan o'tkazishda (qayta o'tkazishda), ularning majburiy texnika ko'rigini tashkil etishda va yo'l harakati qoidalariga, shuningdek yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilishga doir boshqa vakolatlarni amalga oshirishda davlat yo'l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan amalga oshiriladi. Transport vositasi haydovchisi o'z yonida sug'urta polisini olib yurishi va uni tekshirish uchun qonunchilikka muvofiq bunga vakolatli bo'lgan davlat yo'l harakati xavfsizligi xizmati xodimlariga ko'rsatishi shart, bundan haydovchining yonida O'zbekiston Respublikasining ichki ishlar organlari yoxud konsullik muassasalari tomonidan berilgan biometrik pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi mavjud bo'lgan hollar mustasno.
Chet davlatlarda ro'yxatdan o'tkazilgan va O'zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha foydalanilayotgan transport vositalarining egalari tomonidan majburiy sug'urta bo'yicha ushbu Qonunda belgilangan majburiyatlarning bajarilishi ustidan nazoratni davlat yo'l harakati xavfsizligi xizmati amalga oshiradi.
lex.uz’dagi asl matn37-modda. Majburiy sug'urta bo'yicha majburiyatning transport vositalari egalari tomonidan bajarilishini nazorat qilish
(37-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 28 ноябрдаги ЎРҚ-880-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 29.11.2023 й., 03/23/880/0905-сон)
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Transport vositasi egalari majburiy sug'urtaga olib borish kerak. Davlat yo'l harakati xavfsizligi xizmati bu majburiyatni nazorat qiladi — masalan, avtomobil ro'yxatdan o'tkazishda yoki texnika ko'rigida sug'urta polisining mavjudligini tekshiradi. Haydovchi har doim sug'urta polisini o'zi bilan olib yurishi va so'ralganda ko'rsatishi kerak.
**Kimga tegishli**
Bu majburiyat barcha transport vositasi egalari va haydovchilariga, shuningdek chet davlatdan kelgan vositalar egalari va haydovchilariga tegishli.
**Amalda**
Yo'lda politsiya haydovchini to'xtatsadi va sug'urta polisini ko'rsatishni so'radi. Agar haydovchi polisni ko'rsata olmasa, unga jarima yoziladi. Agar sug'urta umuman bo'lmasa, avtomobil ro'yxatdan o'tkazilmaydi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.