Oila kodeksi

96-modda. Ota-onaning voyaga yetmagan bolalariga ta'minot berish majburiyati

(96-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2020 йил 10 мартдаги ЎРҚ-608-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 11.03.2020 й., 03/20/608/0278-сон)

Ota-ona voyaga yetmagan bolalariga ta'minot berishi shart. Voyaga yetmagan bolalariga ta'minot berish majburiyatini ixtiyoriy ravishda bajarmagan ota (ona)dan sudning hal qiluv qaroriga yoki sud buyrug'iga asosan aliment undiriladi. Voyaga yetmagan bolalarga aliment to'lash haqida ota-ona o'rtasida kelishuv bo'lmaganda yoki aliment ixtiyoriy ravishda to'lanmaganda va ota-onadan birortasi ham aliment undirish to'g'risida sudga da'vo yoxud ariza bilan murojaat qilmagan hollarda, vasiylik va homiylik organlari, shuningdek o'n to'rt yoshga to'lgan bola voyaga yetmagan bolaning ta'minoti uchun ota yoki onadan qonunda belgilangan miqdorda aliment undirish to'g'risida da'vo qo'zg'atishga haqlidir. Ota-ona va bola alohida-alohida yashagan taqdirda, vasiylik va homiylik organlari, shuningdek o'n to'rt yoshga to'lgan bola bir vaqtning o'zida ota va onadan voyaga yetmagan bolalarning ta'minoti uchun aliment undirish to'g'risida da'vo qo'zg'atishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.