Oila kodeksi

93-modda. Bolalarning oiladagi xususiy mulki

Voyaga yetmagan bolalar qonunda belgilangan tartibda xususiy mulk egasi bo'lish huquqiga egadirlar. Voyaga yetmagan bolalarning qonunda belgilangan tartibda hadya, meros tariqasida olgan mol-mulki, shuningdek shaxsiy mehnati va tadbirkorlik faoliyati natijasida orttirgan mol-mulki ularning xususiy mulki hisoblanadi. Voyaga yetmaganlarning tadbirkorlik faoliyatiga qo'shgan mablag'i va undan orttirgan daromadi, agar bola bilan ota-ona yoki oilaning boshqa a'zolari o'rtasida boshqacha tartibni belgilovchi shartnoma bo'lmasa, voyaga yetmaganlarning xususiy mulki hisoblanadi. Voyaga yetmaganlarning shaxsiy foydalanishidagi buyumlari (kiyim-kechak, poyabzal, ishlab chiqarish qurollari, o'quv anjomlari va boshqalar) ularning xususiy mulki hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.