Ota-ona hayotligida bolalar ularning mol-mulkiga nisbatan mulkdor bo'lish huquqiga ega emas.
Ota-ona ham voyaga yetmagan bolalarning mol-mulkiga nisbatan mulkdor bo'lish huquqiga ega emas.
Ota-ona va bolalarning ular o'rtasidagi umumiy mol-mulkka bo'lgan mulk huquqi O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi bilan belgilanadi.
Voyaga yetmagan bolalar o'z ota-onasidan va boshqa shaxslardan qonunda nazarda tutilgan miqdorda va tartibda ta'minot olish huquqiga ega. Voyaga yetmagan bolalar ta'minoti uchun olingan mablag', pensiya, nafaqa uning otasi yoki onasi tasarrufida bo'lib, bolaning ta'minoti, tarbiyasi va ta'lim olishi uchun sarflanishi kerak.
Voyaga yetmagan bolalarning mol-mulkini tasarruf etishga doir vakolatlar amalga oshirilayotganda fuqarolik qonunchiligida belgilangan qoidalar qo'llaniladi.
lex.uz’dagi asl matnOila kodeksi
90-modda. Oilada ota-ona hamda bolalarning mulkiy huquqiy munosabatlari
(90-модданинг бешинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.