Oila kodeksi

86-modda. Ota-onalik huquqi cheklanishini bekor qilish

(86-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 1 июлдаги ЎРҚ-1156-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 02.07.2026 й., 03/26/1156/0670-сон)

Agar ota-ona (ulardan biri)ning ota-onalik huquqlari cheklanishiga asos bo'lgan holatlar barham topsa, sud ota-onaning (ulardan birining) da'vosiga binoan bolani ota-onasiga (ulardan biriga) qaytarish va ushbu Kodeksning 83-moddasida nazarda tutilgan cheklashlarni bekor qilish haqida hal qiluv qarori chiqarishi mumkin. Agar bolani ota-onasiga (ularning biriga) qaytarish uning eng ustun manfaatlariga zid bo'lsa, sud bolaning fikrini hisobga olib, da'voni qanoatlantirishni rad qilishga haqlidir.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.