Oila kodeksi

84-modda. Ota-onalik huquqini cheklash oqibatlari

(84-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Ota-onalik huquqi cheklangan ota-ona bolani shaxsan tarbiyalash huquqidan, shuningdek bolali fuqarolar uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlar va nafaqalar olish huquqidan mahrum bo'ladi. Ota-onalik huquqining cheklanishi ota-onani bolaga ta'minot berish majburiyatidan ozod qilmaydi. Ota-onasi (ulardan biri)ning o'ziga nisbatan ota-onalik huquqi cheklangan bola turar joyga bo'lgan mulk huquqini yoki turar joydan foydalanish huquqini saqlab qoladi, shuningdek ota-ona va boshqa qarindoshlari bilan tug'ishganlik faktiga asoslangan mulkiy huquqlarini, shu jumladan meros olish huquqini saqlab qoladi. Ota-ona ikkalasining ota-onalik huquqi cheklangan taqdirda bola vasiylik va homiylik organi qaramog'iga olib beriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.