Oila kodeksi

76-modda. Boladan alohida yashayotgan ota(ona)ning ota-onalik huquqini amalga oshirishi

(76-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 1 июлдаги ЎРҚ-1156-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 02.07.2026 й., 03/26/1156/0670-сон)

Boladan alohida yashayotgan ota (ona) bola bilan ko'rishish, uning tarbiyasida ishtirok etish va ta'lim olishi masalasini hal etishda qatnashish huquqiga ega. Bola bilan birga yashayotgan ota (ona) bolaning ona (ota)si bilan ko'rishishiga, agar bunday ko'rishish bolaning jismoniy va ruhiy sog'lig'iga, axloqiy kamolotiga zarar keltirmasa, qarshilik qilmasligi kerak. Ota-ona boladan alohida yashaydigan otaning (onaning) ota-onalik huquqlarini amalga oshirish tartibi to'g'risida yozma ravishda kelishuv tuzishga haqlidir. Bu boradagi nizo ota-onaning (yoki ulardan birining) talabiga binoan sudga murojaat qilinguniga qadar mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish orqali hal qilinishi mumkin. Agar ota-ona kelisha olmasa, nizo ota-onaning (yoki ulardan birining) talabiga binoan sud tomonidan vasiylik va homiylik organi ishtirokida hal qilinadi. Sudning hal qiluv qarori bajarilmagan taqdirda aybdor ota-onaga nisbatan qonunchilikda nazarda tutilgan choralar qo'llaniladi. Sudning hal qiluv qarori qasddan bajarilmagan taqdirda sud boladan alohida yashayotgan otaning (onaning) talabiga binoan bolaning eng ustun manfaatlarini va fikrini hisobga olgan holda bolani unga berish to'g'risida hal qiluv qarori chiqarishi mumkin. Boladan alohida yashayotgan ota (ona) tarbiya, davolash, aholini ijtimoiy himoyalash muassasalari va boshqa shunga o'xshash muassasalardan o'z bolasi to'g'risida axborot olish huquqiga ega. Ota (ona) tomonidan bolaning hayoti va sog'lig'i uchun xavf-xatar bo'lgandagina, ularga axborot berish rad etilishi mumkin. Axborot berishning rad etilishi ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.