Oila kodeksi

42-modda. Er-xotinning o'zaro roziligi bo'lganda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida nikohdan ajratish

Voyaga yetmagan bolalari bo'lmagan er-xotin nikohdan ajratishga o'zaro rozi bo'lsalar, ular nikohdan fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida ajratiladi. Er-xotin o'rtasida mehnatga layoqatsiz muhtoj er yoki xotinga moddiy ta'minot berish to'g'risida yoki ularning birgalikdagi umumiy mulki bo'lgan mol-mulkni bo'lish to'g'risida nizo bo'lgan taqdirda er-xotin yoki ulardan biri nikohdan ajratish to'g'risidagi ariza bilan sudga murojaat etishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.