O'zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida, boshqa davlat hududida o'sha davlatning qonunchiligiga rioya qilingan holda O'zbekiston Respublikasi fuqarolari o'rtasida tuzilgan hamda O'zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxslar o'rtasida tuzilgan nikohlar, agar ushbu Kodeksning 16-moddasida nazarda tutilgan nikoh tuzishga monelik qiladigan holatlar bo'lmasa, O'zbekiston Respublikasida haqiqiy deb e'tirof etiladi.
O'zbekiston Respublikasidan tashqarida chet el fuqarolari o'rtasida boshqa davlat hududida o'sha davlatning qonunchiligiga rioya qilingan holda tuzilgan nikohlar O'zbekiston Respublikasida haqiqiy deb e'tirof etiladi.
lex.uz’dagi asl matnOila kodeksi
235-modda. O'zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida tuzilgan nikohlarni e'tirof etish
(235-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.