Familiyani, ismni va otaning ismini o'zgartirish haqidagi arizalar ariza beruvchi o'n olti yoshga to'lgandan keyin fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan, ushbu shaxsning doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo'yicha ro'yxatdan o'tgan joydan qat'i nazar, ko'rib chiqiladi.
Familiya, ism va ota ismini o'zgartirish to'g'risidagi xulosa ichki ishlar organlari tomonidan ushbu shaxs tegishlicha tekshiruvdan o'tkazilgandan keyingina tuzilishi mumkin.
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organining familiya, ism va ota ismini o'zgartirishni rad etganligi ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnOila kodeksi
226-modda. Familiya, ism va ota ismini o'zgartirish haqidagi arizalarni ko'rib chiqish tartibi
(226-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 14 мартдаги ЎРҚ-759-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 14.03.2022 й., 03/22/759/0213-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.