Oila kodeksi

202-modda. Gerbli guvohnomalar

(202-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 7 февралдаги ЎРҚ-905-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 07.02.2024 й., 03/24/905/0106-сон)

Fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlari asosida himoyalanganlik darajasiga ega bo'lgan, ma'lum seriyasi, tartib raqami bo'lgan, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organining muhri va mansabdor shaxsning imzosi qo'yilgan, O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbi hamda QR-kod (matrik shtrixli kod) tasviri tushirilgan guvohnomalar beriladi. Gerbli guvohnoma berishda fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari qonunda belgilangan tartibda va miqdorda davlat bojini hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda va miqdorda gerb yig'imini undiradi. Davlat gerbi tasvirlangan guvohnomani qalbakilashtirish qonunga binoan ta'qib etiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.