Oila kodeksi

197-modda. Oilaga tarbiyaga olingan bolalarning huquqlari

(197-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 1 июлдаги ЎРҚ-1156-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 02.07.2026 й., 03/26/1156/0670-сон)

Oilaga tarbiyaga berilgan bolalar: o'zlariga tegishli bo'lgan aliment, shuningdek pensiya, nafaqa va boshqa ijtimoiy to'lovlarni olish; uy-joyga bo'lgan mulk huquqi yoki uy-joylardan foydalanish; qonunchilikka muvofiq uy-joy olish huquqlarini saqlab qoladilar. Oilaga tarbiyaga berilgan bolalar o'z huquq va manfaatlarini himoya qilish, ota-onasi va qarindoshlari bilan ko'rishish huquqiga ham egadirlar. Bolaning manfaatlariga taalluqli har qanday masala hal qilinayotganda bola o'z fikrini erkin ifoda etishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.