Oila kodeksi

173-modda. Vasiylik va homiylikning maqsadi

(173-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2014 йил 20 январдаги ЎРҚ-365-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2014 й., 4-сон, 45-модда)

Vasiylik o'n to'rt yoshga to'lmagan yetim bolalarni va ota-onasining qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni, shuningdek sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolarni ularga ta'minot, tarbiya va ta'lim berish, ularning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida belgilanadi. Homiylik o'n to'rt yoshdan o'n sakkiz yoshgacha bo'lgan yetim bolalarni va ota-onasining qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni, shuningdek sud tomonidan muomala layoqati cheklangan fuqarolarni ularga ta'minot, tarbiya va ta'lim berish, ularning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida belgilanadi. Sog'lig'ining holatiga ko'ra mustaqil ravishda o'z huquqlarini amalga oshira olmaydigan va o'z majburiyatlarini bajara olmaydigan voyaga yetgan muomalaga layoqatli fuqarolarga bu shaxslarning iltimosiga ko'ra homiylik belgilanishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.