Farzandlikka olish agar farzandlikka oluvchilar:
o'z zimmalariga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishdan bo'yin tovlayotgan yoki ularni lozim darajada bajarmayotgan bo'lsalar;
ota-onalik huquqini suiiste'mol qilayotgan bo'lsalar;
farzandlikka olinuvchilarga nisbatan shafqatsizlik bilan muomalada bo'lsalar;
muttasil ichkilikbozlikka yoki giyohvandlikka mubtalo bo'lgan bo'lsalar bekor qilinishi lozim.
Farzandlikka olinuvchining xulq-atvori farzandlikka oluvchilarning sha'ni va qadr-qimmatiga putur yetkazayotgan, ularning hayoti yoki sog'lig'iga xavf solayotgan bo'lsa, farzandlikka olinuvchi voyaga yetganidan keyin farzandlikka olish bekor qilinishiga yo'l qo'yiladi.
Sud boshqa asoslarga ko'ra ham bolaning eng ustun manfaatlaridan kelib chiqib, uning fikrini hisobga olgan holda farzandlikka olishni bekor qilishga haqlidir.
lex.uz’dagi asl matnOila kodeksi
169-modda. Farzandlikka olishni bekor qilish asoslari
(169-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 1 июлдаги ЎРҚ-1156-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 02.07.2026 й., 03/26/1156/0670-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.