Oila kodeksi

164-modda. Farzandlikka olishda tug'ilishni qayd etish daftariga o'zgartirish kiritish

(164-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2013 йил 30 апрелдаги ЎРҚ-352-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2013 й., 18-сон, 233-модда)

Sudning farzandlikka olish to'g'risidagi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab o'n kun ichida fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlari farzandlikka olinayotganning tug'ilishi qayd etilgan daftarga zarur o'zgartirishlar kiritishi lozim. Farzandlikka oluvchilar bolaning tug'ilishi yozilgan daftarga, agar bu haqda sudning hal qiluv qarorida ko'rsatilgan bo'lsa, uning ota-onasi deb yozilishi kerak. Zarur hollarda bolaning familiyasi, ismi, otasining ismigina emas, balki tug'ilgan sanasi ham bir yildan ortiq bo'lmagan farq bilan o'zgartiriladi. Agar bola o'n yoshdan oshmagan bo'lsa, tug'ilgan joyi ham O'zbekiston Respublikasi doirasida o'zgartirilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.