Oila kodeksi

149-modda. Ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni aniqlash va hisobga olish

(149-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Vasiylik va homiylik organlari ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni aniqlaydi, bunday bolalarni hisobga oladi va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan har bir holatga qarab, bolalarni joylashtirish shakllarini tanlaydi, shuningdek bundan buyon ularga ta'minot berish, ularni tarbiyalash va ularga ta'lim berish shart-sharoitlarini nazorat qilib boradi. Vasiylik va homiylik organidan tashqari boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni aniqlash va joylashtirish bo'yicha faoliyat yuritishiga yo'l qo'yilmaydi. Tashkilotlarning (maktabgacha ta'lim tashkilotlarining, umumta'lim muassasalarining, davolash muassasalarining va boshqa muassasalarning), fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlarining mansabdor shaxslari va boshqa fuqarolar bolalar ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lganligidan xabardor bo'lgach, yetti kunlik muddat ichida bu haqda bolalar haqiqatda turgan joydagi vasiylik va homiylik organlariga xabar berishlari shart. Vasiylik va homiylik organi bunday ma'lumotlarni olgan kundan e'tiboran uch kun ichida bolaning turmush sharoitini tekshirib chiqishi va bunda bolaning ota-ona yoki qarindoshlari qaramog'idan mahrum bo'lganligi aniqlansa, uni joylashtirish masalasi hal bo'lguniga qadar bolaning huquq va manfaatlari himoya qilinishini ta'minlashi shart. Ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar to'g'risidagi ma'lumotlarni vasiylik va homiylik organiga xabar qilmaganlik, shuningdek bunday bolalarni joylashtirishda qonunchilik talablarini buzganlik uchun ushbu moddaning uchinchi qismida ko'rsatilgan muassasalarning rahbarlari va organlarning mansabdor shaxslari qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.