Oila kodeksi

127-modda. O'gay ota va o'gay onaning o'gay o'g'il va o'gay qizlariga ta'minot berish majburiyati

O'gay ota va o'gay onaning tarbiyasida yoki ta'minotida bo'lgan voyaga yetmagan o'gay o'g'il va o'gay qizlarning ota-onasi yo'q bo'lsa yoxud o'z ota-onasidan yetarli mablag' ololmayotgan bo'lsa, ularga ta'minot berish majburiyati o'gay ota va o'gay ona zimmasiga yuklatilishi mumkin. Voyaga yetgan yordamga muhtoj, mehnatga layoqatsiz o'gay o'g'il va o'gay qizlarning ota-onasi, eri yoki xotini (sobiq eri yoki xotini) va voyaga yetgan mehnatga layoqatli bolalari bo'lmasa yoxud ulardan ta'minot uchun yetarli mablag' ololmasa, o'gay ota va o'gay onaning zimmasiga ularga nisbatan ham shunday majburiyat yuklatilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.