Er-xotin (sobiq er-xotin) o'rtasida aliment to'lash to'g'risida kelishuv mavjud bo'lmagan hollarda er yoki xotinga (sobiq er yoki xotinga) sud tartibida undirib beriladigan aliment miqdori sud tomonidan er yoki xotinning (sobiq er yoki xotinning) moddiy va oilaviy ahvolini hamda taraflarning e'tiborga loyiq boshqa manfaatlarini e'tiborga olib, har oyda pul bilan to'lanadigan qat'iy summada belgilanadi, biroq bu summa qonunchilikda belgilangan mehnatga haq to'lash eng kam miqdorining 11,75 foizidan kam bo'lmasligi lozim.
lex.uz’dagi asl matnOila kodeksi
119-modda. Er-xotin (sobiq er-xotin)dan sud tartibida undiriladigan aliment miqdori
(119-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.