Oila kodeksi

1-modda. Oila to'g'risidagi qonunchilik hamda ularning vazifalari

(1-модда Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Oila to'g'risidagi qonunchilik ushbu Kodeksdan hamda unga muvofiq qabul qilinadigan boshqa qonunchilik hujjatlaridan iborat. Oila to'g'risidagi qonunchilikning vazifalari oilani mustahkamlashdan, oilaviy munosabatlarni o'zaro muhabbat, ishonch va hurmat, hamjihatlik, bir-biriga yordam berish hamda oila oldida uning barcha a'zolarining mas'ulligi hissi asosida qurishdan, biron-bir shaxsning oila masalalariga o'zboshimchalik bilan aralashishiga yo'l qo'ymaslikdan, oila a'zolari o'z huquqlarini to'sqinliksiz amalga oshirishini hamda bu huquqlarning himoya qilinishini ta'minlashdan iboratdir.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.