«Ommaviy axborot vositalari to'g'risida»gi qonun

9-modda. Jurnalistik tekshiruv

Tahririyat xodimi murojaatlardan yoki boshqa manbalardan o'ziga ma'lum bo'lgan yoxud o'zi guvoh bo'lgan muayyan voqea, holat yuzasidan jurnalistik tekshiruv o'tkazishga, faktlarni, guvohlik ko'rsatmalarini to'plashda audio va video texnikadan foydalanishga haqli. Jurnalistik tekshiruv tergov va sud jarayoniga ta'sir o'tkazmasligi kerak. Tahririyat xodimi muayyan voqea yoki holatga nisbatan shaxsiy fikrini ommaviy axborot vositalarida e'lon qilishga, agar voqea yoki holat yuzasidan tergov tugamagan bo'lsa, sudning hal qiluv qarori yoki hukmi qonuniy kuchga kirganidan so'ng jurnalistik taxminlarini shaxsiy mulohaza tarzida e'lon qilishga haqlidir.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.