«Ommaviy axborot vositalari to'g'risida»gi qonun

11¹-modda. Ta'sis hujjatlari

(11¹-модда Ўзбекистон Республикасининг 2002 йил 30 августдаги 405–II-сон Қонунига билан киритилган — Олий Мажлис Ахборотномаси, 2002 й., 9-сон, 165-модда)

Ta'sis shartnomasi va ustav (nizom) ommaviy axborot vositasining ta'sis hujjatlari hisoblanadi. Bir nechta muassis o'rtasida tuziladigan ta'sis shartnomasida quyidagi ma'lumotlar bo'ladi: muassislarning nomi haqidagi; ta'sis etilayotgan ommaviy axborot vositasining turi, faoliyati predmeti va maqsadi, chiqish davriyligi haqidagi; ta'sis etilayotgan ommaviy axborot vositasining nomi, pochta manzili haqidagi; ommaviy axborot vositasining ustav fondi miqdori, moliyalashtirish manbalari va uni hosil qilish tartibi haqidagi; muassislarning ommaviy axborot vositasi faoliyatida ishtirok etishiga doir huquqlari va majburiyatlari haqidagi; ommaviy axborot vositasi faoliyatini boshqarish tartibi haqidagi; foydani taqsimlash tartibi haqidagi; ommaviy axborot vositasini qayta tashkil etish, tugatish (ommaviy axborot vositasining faoliyatini tugatish) tartibi haqidagi; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa shartlar to'g'risidagi. Agar bir shaxs muassis hisoblansa, u ro'yxatga oluvchi organga ustavini taqdim etadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.