«Notariat to'g'risida»gi qonun

85-modda. Dengiz protestlari haqidagi ariza

Notarius kema egasining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun dalil-isbotlarni ta'minlash maqsadida kema kapitanining kema suzib borayotganda yoki u to'xtab turgan joyda sodir bo'lgan hamda kema egasining oldiga mulkiy talablar qo'yish uchun asos bo'lishi mumkin bo'lgan hodisa to'g'risidagi arizasini qabul qiladi. Dengiz protesti haqidagi arizada yuz bergan hodisa tafsilotlari va kapitanning o'ziga ishonib topshirilgan mulkning but saqlanishini ta'minlash yuzasidan ko'rgan chora-tadbirlari bayon etilgan bo'lishi kerak. Dengiz protesti to'g'risidagi arizada bayon etilgan holatlarning tasdig'i sifatida kema kapitani ariza bilan bir vaqtda yoki kema portga kirgan kundan boshlab, agar hodisa portda yuz bergan bo'lsa, u yuz berganidan so'ng yetti kundan kechiktirmay notariusga ko'zdan kechirish uchun kema daftarini va kema daftaridan olinib kapitan tomonidan tasdiqlangan ko'chirmani taqdim etishi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.