«Notariat to'g'risida»gi qonun

-modda. Xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notarius

(8¹-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notarius yuridik shaxs tashkil etmagan holda o'z idorasiga ega bo'lishga, bank hisobvarag'i va boshqa shaxsiy hisobvaraqlar ochishga, mulkiy hamda shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo'lishga hamda majburiyatlarni o'z zimmasiga olishga, xodimlar bilan mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilishga, sudda o'z nomidan ishtirok etishga hamda qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa harakatlarni amalga oshirishga haqli. Xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notariusni hisobga qo'yish va hisobdan chiqarish O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi va adliya boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi. Xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notariusning idorasi tugatilganda kreditorlarning talablari qanoatlantirilgandan so'ng qolgan mol-mulk notariusning tasarrufida qoladi va unga soliq solinmaydi. Xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notarius notarial idoraning xodimlarini lavozimga tayinlashda va lavozimidan ozod qilishda mustaqildir, bundan ushbu Qonunning 2¹ va 2²-moddalarida ko'rsatilgan hollar mustasno. Xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notarius idorasining nomida «xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notarius» degan so'zlar bo'lishi va tegishli tuman, shahar ko'rsatilishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.