Merosga bo'lgan huquq to'g'risidagi guvohnoma merosni qabul qilib olgan merosxo'rlarga qonunchilikka muvofiq beriladi.
Merosga bo'lgan huquq to'g'risidagi guvohnoma barcha merosxo'rlarga birgalikda yoki ularning xohishiga bog'liq ravishda har biriga alohida berilishi mumkin.
Notariuslar voyaga yetmagan yoki muomalaga layoqatsiz merosxo'rlarning mulkiy manfaatlarini muhofaza qilish uchun ularga merosga bo'lgan huquq to'g'risida guvohnoma berilganligi haqida merosxo'rlar yashayotgan joydagi vasiylik va homiylik organlariga xabar qiladi.
Mol-mulk vorislik huquqi bo'yicha davlatga yoki qonunda nazarda tutilgan hollarda fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlariga o'tgan taqdirda merosga bo'lgan huquq to'g'risidagi guvohnoma tegishli davlat organiga yoki fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organiga beriladi.
lex.uz’dagi asl matn«Notariat to'g'risida»gi qonun
59-modda. Merosga bo'lgan huquq to'g'risida guvohnoma berish tartibi
(59-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.