Ro'yxatdan o'tkazilishi lozim bo'lgan mol-mulkni boshqa shaxsga o'tkazish va garovga qo'yish to'g'risidagi bitimlar boshqa shaxsga o'tkazilayotgan yoki garovga qo'yilayotgan mol-mulkka bo'lgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan taqdirdagina tasdiqlanishi mumkin. Bunda mol-mulkning boshqa shaxsga o'tkazuvchiga yoki garovga qo'yuvchiga tegishliligi hamda boshqa shaxsga o'tkazish taqiqlanmaganligi va xatlanmaganligi tekshiriladi. Taqiq mavjud bo'lgan hollarda ko'rsatilgan mol-mulkni boshqa shaxsga o'tkazish to'g'risidagi bitim faqat kreditor bilan oluvchi shaxs qarzni oluvchining hisobiga o'tkazishga rozi bo'lgan taqdirda tasdiqlanishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«Notariat to'g'risida»gi qonun
44-modda. Ro'yxatdan o'tkazilishi lozim bo'lgan mol-mulkni boshqa shaxsga o'tkazish va garovga qo'yish to'g'risidagi bitimlarni tasdiqlash
(44-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2018 йил 11 октябрдаги ЎРҚ-497-сонли Қонунига асосан чиқарилган — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 12.10.2018 й., 03/18/497/2044-сон — 2019 йил 1 январдан кучга киради)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.