«Notariat to'g'risida»gi qonun

42-modda. Notarial tasdiqlangan hujjatlarning dublikatlarini berish

Notarius tomonidan tasdiqlangan yoki berilgan, nusxalari notarial idoraning yig'majildlarida saqlanayotgan hujjatlar yo'qolgan taqdirda nomidan yoxud topshirig'iga binoan notarial harakatlar bajarilgan jismoniy va yuridik shaxslarning yoki ular qonuniy vakillarining yozma arizasiga ko'ra yo'qolgan hujjatlarning dublikatlari beriladi. Dublikatlarni berish ushbu Qonunning 6 va 40-moddalari talablariga rioya etgan holda bajariladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.