«Notariat to'g'risida»gi qonun

38-modda. Notarial harakatni amalga oshirishni rad etish

(38-модда биринчи қисмининг еттинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Notarius quyidagi hollarda notarial harakatni amalga oshirishni rad etadi, agar: bunday harakatni amalga oshirish qonunga zid bo'lsa; bu harakat boshqa notarius tomonidan amalga oshirilishi kerak bo'lsa; muomalaga layoqatsiz fuqaro yoxud zarur vakolatlari bo'lmagan vakil notarial harakatni amalga oshirishni so'rab murojaat qilgan bo'lsa; yuridik shaxs nomidan amalga oshiriladigan bitim uning ustavida yoki nizomida ko'rsatilgan maqsadlarga zid bo'lsa; bitim qonun talablariga muvofiq bo'lmasa; notarial harakatni amalga oshirish uchun taqdim etilayotgan hujjatlar qonunchilik talablariga muvofiq bo'lmasa. Notarial harakatni amalga oshirish rad etilgan taqdirda notarial harakatni amalga oshirishni rad etish haqida notarius murojaat qilingan kundan boshlab uch kundan kechiktirmasdan qaror chiqaradi. Notarius notarial harakatni amalga oshirish to'g'risidagi murojaati rad etilgan shaxsning iltimosiga binoan rad etish sababini yozma ravishda bayon etishi va rad etish ustidan shikoyat qilish tartibini tushuntirib berishi lozim.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.