Notariuslar notarial harakatlarni amalga oshirish uchun qirib o'chirilgan yoki qo'shimchalar kiritilgan, so'zlari ustidan chizilgan va izoh berilmagan boshqa tuzatishlari bo'lgan hujjatlarni, shuningdek qalamda yozilgan hujjatlarni qabul qilmaydi. Agar hujjatdagi mavjud izoh berilmagan tuzatishlar yoki boshqa kamchiliklar taqdim etilgan hujjatning maqsadi uchun ahamiyatsiz bo'lsa, notarius bunday hujjatni notarial harakatni amalga oshirish uchun qabul qilishga haqli.
Notarial tasdiqlanadigan bitimlarning matni aniq va ravshan yozilgan bo'lishi kerak, hujjatning mazmuniga taalluqli sana va muddatlar hech bo'lmaganda bir marta so'z bilan, yuridik shaxslarning nomlari esa — ular organlarining manzillarini ko'rsatgan holda qisqartirishlarsiz yozilishi lozim. Fuqarolarning familiyasi, ismi, otasining ismi to'liq yozilib, yashash joyi ko'rsatilgan bo'lishi kerak.
Bir varaqdan ortiq bo'lgan hujjat ip o'tkazib tikilgan, varaqlari raqamlangan va muhr bosib tasdiqlangan bo'lishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn«Notariat to'g'risida»gi qonun
35-modda. Notarial harakatlarni amalga oshirish uchun taqdim etiladigan hujjatlarga qo'yiladigan talablar
(35-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2018 йил 11 октябрдаги ЎРҚ-497-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 12.10.2018 й., 03/18/497/2044-сон — 2019 йил 1 январдан кучга киради)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.