Notarial harakatlar haq to'langanidan so'ng zarur bo'lgan barcha hujjatlar taqdim etilgan kuni amalga oshiriladi.
Notarial harakatni amalga oshirish qo'shimcha ma'lumotlarni talab qilib olish yoki hujjatlarni ekspertizaga yuborish zarur bo'lganida kechiktirilishi mumkin.
Notarial harakatlarni amalga oshirish, basharti qonunga binoan manfaatdor shaxslardan ushbu harakatlarni amalga oshirishga e'tiroz bor-yo'qligini so'rash zarur bo'lganda, kechiktirilishi mumkin. Notarial harakatni amalga oshirishni kechiktirish muddati bir oydan oshmasligi lozim. Notarial harakatni amalga oshirishni so'rab murojaat qilgan shaxsning talabiga ko'ra unga notarial harakatni amalga oshirishni kechiktirish haqidagi qaror beriladi.
Manfaatdor shaxs tasdiqlashni so'rayotgan huquq yoki fakt ustida da'volashish uchun sudga murojaat qilish istagidagi boshqa manfaatdor shaxsning arizasiga ko'ra notarial harakatni amalga oshirish bir marotaba ko'pi bilan o'n kun muddatga kechiktirilishi mumkin. Agar bu muddat ichida ariza tushganligi haqida suddan ma'lumot olinmasa, notarial harakat amalga oshirilishi lozim.
Bir manfaatdor shaxs tasdiqlashni so'rayotgan huquq yoki fakt ustida da'volashayotgan boshqa manfaatdor shaxsdan ariza tushganligi to'g'risida suddan ma'lumot olingan taqdirda notarial harakatni amalga oshirish mazkur ish sudda hal bo'lguniga qadar to'xtatib turiladi.
Qonunchilikda notarial harakatlarni amalga oshirishni kechiktirish va to'xtatib turishning boshqa asoslari ham belgilanishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«Notariat to'g'risida»gi qonun
31-modda. Notarial harakatni amalga oshirish va to'xtatib turish muddatlari
(31-модданинг олтинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.