O'zbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari quyidagi notarial harakatlarni amalga oshiradi:
1) bitimlarni (shartnomalar, vasiyatnomalar, ishonchnomalar va hokazolarni) tasdiqlaydi, O'zbekiston Respublikasida joylashgan ko'chmas mol-mulkni boshqa shaxsga o'tkazish va garovga qo'yish to'g'risidagi shartnomalar bundan mustasno;
2) fuqaroning tirik ekanligi faktini tasdiqlaydi;
3) fuqaroning muayyan joyda ekanligi faktini tasdiqlaydi;
4) fuqaroning fotosuratda aks ettirilgan shaxs ekanligini tasdiqlaydi;
5) hujjatlar taqdim etilgan vaqtni tasdiqlaydi;
6) meros mol-mulkning qo'riqlanishiga doir chora-tadbirlar ko'radi;
7) merosga bo'lgan huquq to'g'risida guvohnomalar beradi;
8) er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga mulk huquqi haqida guvohnomalar beradi;
9) hujjatlarning nusxalari va hujjatlardan olingan ko'chirmalar to'g'riligini shahodatlaydi;
10) hujjatlardagi imzolarning haqiqiyligini shahodatlaydi;
11) hujjatlarning bir tildan boshqa tilga to'g'ri tarjima qilinganligini shahodatlaydi;
12) pul summalari va qimmatli qog'ozlarni depozitga qabul qilib oladi;
13) saqlash uchun hujjatlarni qabul qilib oladi;
14) ijro xatlarini yozadi;
15) dengiz protestlarini amalga oshiradi.
O'zbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa notarial harakatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«Notariat to'g'risida»gi qonun
28-modda. Konsullar tomonidan amalga oshiriladigan notarial harakatlar
(28-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.