«Notariat to'g'risida»gi qonun

23-modda. Notariuslar amalga oshiradigan notarial harakatlar

(23-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Notariuslar quyidagi notarial harakatlarni amalga oshiradi: 1) bitimlarni tasdiqlaydi; 2) vasiyatnomalarni tasdiqlaydi; 3) er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga mulk huquqi to'g'risida guvohnomalar beradi; 5) merosga bo'lgan huquq to'g'risida guvohnoma beradi; 6) meros mol-mulkning qo'riqlanishiga doir chora-tadbirlar ko'radi; 6¹) mediator vazifasini bajaradi; 7) hujjatlar nusxalarining va hujjatlardan olingan ko'chirmalarning to'g'riligini shahodatlaydi; 8) hujjatlarning bir tildan boshqa tilga to'g'ri tarjima qilinganligini shahodatlaydi; 9) hujjatlardagi imzoning haqiqiyligini shahodatlaydi; 10) ko'chmas mulk ochiq savdoda sotib olinganligi haqida guvohnoma beradi; 11) fuqaroning tirik ekanligi faktini tasdiqlaydi; 12) fuqaroning muayyan joyda ekanligi faktini tasdiqlaydi; 12¹) yuridik shaxsning rahbar organi tomonidan qaror qabul qilinganligi faktini tasdiqlaydi; 12²) dalillarni ta'minlaydi; 13) fuqaroning fotosuratda aks ettirilgan shaxs ekanligini tasdiqlaydi; 14) hujjatlar taqdim etilgan vaqtni tasdiqlaydi; 14¹) mualliflik va turdosh huquq ob'yekti taqdim etilgan vaqtni tasdiqlaydi; 14²) elektron hujjatning qog'oz shaklidagi hujjat bilan bir xil yuridik kuchga ega ekanligini tasdiqlaydi; 15) jismoniy va yuridik shaxslarning arizalari va (yoki) boshqa hujjatlarini boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga topshiradi; 16) pul summalari va qimmatli qog'ozlarni depozitga qabul qilib oladi; 17) hujjatlarni saqlash uchun qabul qilib oladi; 18) pul to'lash uchun cheklarni taqdim etadi va cheklar bo'yicha pul to'lanmaganligini tasdiqlaydi; 19) ijro xatlarini yozadi; 20) veksellarning protestlarini amalga oshiradi; 21) dengiz protestlarini amalga oshiradi; 22) notarial tasdiqlangan hujjatlarning dublikatlarini hamda reyestrlardan ko'chirmalarni beradi. Notariuslar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa notarial harakatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.