Oliy yuridik ma'lumotga ega bo'lgan O'zbekiston Respublikasi fuqarosi notarius stajyori bo'lishi mumkin.
Ushbu Qonun 2-moddasining ikkinchi qismida ko'rsatilgan shaxslar notarius stajyori bo'lishi mumkin emas.
Davlat notarial idorasi notariusining stajyorini ishga qabul qilish Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notarius stajyorini ishga qabul qilish Notarial palataning tegishli hududiy boshqarmasi tavsiyasiga asosan ushbu boshqarma tomonidan biriktirilgan notarius tomonidan amalga oshiriladi. Xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notarius tomonidan notarius stajyorini ishga qabul qilishni asossiz ravishda rad etishga yo'l qo'yilmaydi.
Stajirovka notarial idorada o'taladi. Notarius stajyori o'z faoliyatini notarius rahbarligida, uning alohida topshiriqlarini bajargan holda amalga oshiradi.
Notarius stajyorining faoliyatini tashkil etish tartibi O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Notarial palata bilan birgalikda belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn«Notariat to'g'risida»gi qonun
2²-modda. Notarius stajyori
(2²-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2020 йил 14 январдаги ЎРҚ-602-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 15.01.2020 й., 03/20/602/0052-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.