«Notariat to'g'risida»gi qonun

17-modda. Notariusning huquqlari

(17-модда биринчи қисмининг иккинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Notarius quyidagi huquqlarga ega: o'ziga murojaat qilgan barcha shaxslar uchun ushbu Qonunda nazarda tutilgan notarial harakatlarni amalga oshirish, notarial harakatni amalga oshirish joyi qonunchilikda belgilab qo'yilgan hollar bundan mustasno; bitim va arizalarning loyihalarini tuzish, hujjatlarning nusxalarini va ulardan ko'chirmalarni tayyorlash, shuningdek notarial harakatlarning amalga oshirilishiga doir masalalar yuzasidan tushuntirishlar berish; jismoniy va yuridik shaxslardan notarial harakatlarni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan hujjatlarni talab qilib olish. davlat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan notarial harakatlarni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan ma'lumotlar va hujjatlarni so'rash hamda olish; jismoniy va yuridik shaxslar nomidan tegishli davlat organlariga mol-mulkka bo'lgan huquqlarni va hujjatlarni davlat ro'yxatidan o'tkazishni amalga oshirish uchun, shuningdek hujjatlarning chet elda amal qilishi uchun mazkur organlar tomonidan rasmiylashtirilgan hujjatlarni olgan holda hujjatlarni legallashtirish uchun murojaat qilish. yuridik shaxslarning rahbar organlari yig'ilishlarida ularning taklifiga ko'ra ishtirok etish.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.