Litsenziyani bekor qilish notariusning arizasiga asosan Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmasining qarori bilan, litsenziya soxta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti aniqlanganda esa — Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmasining arizasiga asosan ma'muriy sudning qarori bilan amalga oshiriladi.
Litsenziyani bekor qilish to'g'risida qaror qabul qilingan taqdirda, litsenziya berilgan sanadan e'tiboran bekor qilingan deb hisoblanadi.
Litsenziyaning bekor qilinishi notariusning o'z kasbiy faoliyatini bajarish chog'idagi harakatlari g'ayrihuquqiy deb topilganligini anglatmaydi, bundan notarial harakatlarni sud tomonidan haqiqiy emas deb topish hollari mustasno.
lex.uz’dagi asl matn«Notariat to'g'risida»gi qonun
15⁴-modda. Litsenziyani bekor qilish
(15¹ — 15⁴-моддалар Ўзбекистон Республикасининг 2020 йил 14 январдаги ЎРҚ-602-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 15.01.2020 й., 03/20/602/0052-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.