«Nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlari to'g'risida»gi qonun

9-modda. Ob'yektlar va xizmatlarning qulayligi printsipi

Ob'yektlar va xizmatlarning qulayligi nogironligi bo'lgan shaxslarning binolardan, inshootlardan, transportdan, axborotdan va aloqa vositalaridan, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va tizimlaridan, shuningdek boshqa ob'yektlardan va aholiga ko'rsatiladigan xizmatlardan o'zga fuqarolar bilan teng ravishda foydalanishi uchun shart-sharoitlar yaratish yo'li bilan ta'minlanadi. Shaharlarni, boshqa aholi punktlarini rejalashtirishga va qurishga, turar joy va rekreatsiya zonalarini shakllantirishga, yangi qurilish uchun mo'ljallangan loyiha yechimlarini ishlab chiqishga, binolarni, inshootlarni va ularning majmualarini rekonstruktsiya qilishga, shuningdek umumiy foydalanishdagi transport vositalarini, axborotni hamda aloqa vositalarini ishlab chiqishga va ishlab chiqarishga mazkur ob'yektlarni nogironligi bo'lgan shaxslarning ulardan moneliksiz foydalanishi uchun moslashtirmasdan yo'l qo'yilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.