«Nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlari to'g'risida»gi qonun

40-modda. Nogironligi bo'lgan shaxslarning umumiy o'rta, o'rta maxsus, professional, qo'shimcha, oliy va oliy ta'limdan keyingi ta'limi

(40-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 23 октябрдаги ЎРҚ-1091-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 24.10.2025 й., 03/25/1091/0969-сон)

Nogironligi bo'lgan shaxslarning umumiy o'rta va o'rta maxsus ta'limi, professional ta'limi ta'lim muassasalarida va tashkilotlarida, zaruriyat bo'lganda esa ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalarida amalga oshiriladi. Nogironligi bo'lgan shaxslarning qo'shimcha ta'limi bolalar, o'smirlar ijodiyot saroylari, uylari, klublari va markazlarida, «Barkamol avlod» bolalar maktabida, bolalar-o'smirlar sport maktablarida, bolalar musiqa va san'at maktablarida, studiyalarda, axborot-kutubxona hamda sog'lomlashtirish muassasalarida amalga oshiriladi. Nogironligi bo'lgan shaxslarning oliy ta'limi oliy ta'lim muassasalarida va tashkilotlarida amalga oshiriladi. Nogironligi bo'lgan shaxslarning oliy ta'limdan keyingi ta'limi oliy ta'lim va ilmiy tashkilotlarda olinishi mumkin. Statsionar davolash-profilaktika yoki reabilitatsiya muassasalarida davolash kursini o'tayotgan nogironligi bo'lgan bolalar uchun mazkur muassasalarda o'quv mashg'ulotlari tashkil etiladi. Professional ta'lim olish uchun maxsus shart-sharoitlarga muhtoj nogironligi bo'lgan shaxslar uchun turli tipdagi va xildagi ixtisoslashtirilgan professional ta'lim muassasalari tashkil etiladi. Ularda o'qitish maxsus o'quv dasturlari asosida davlat ta'lim standartlariga muvofiq amalga oshiriladi. Nogironligi bo'lgan shaxslar uchun oliy ta'lim muassasalarida davlat granti asosida abituriyentlarni qabul qilish umumiy sonining ikki foizi miqdorida qo'shimcha qabul kvotasi ajratiladi. Nogironligi bo'lgan shaxslarni qo'shimcha kvota asosida oliy ta'lim muassasalariga qabul qilish kirish imtihonlari natijalari bo'yicha amalga oshiriladi. Nogironligi bo'lgan shaxslar uchun ajratilgan qo'shimcha kvotalar bo'yicha o'qishga qabul qilinmagan abituriyentlar to'plagan ballari bilan ta'limning ushbu yo'nalishi bo'yicha tanlovda umumiy asoslarda ishtirok etadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.