Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari o'z vakolatlari doirasida:
nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlarini ta'minlash sohasidagi davlat siyosatini amalga oshiradi;
nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlarini ta'minlash bo'yicha ustuvor yo'nalishlarni belgilaydi;
nogironligi bo'lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish, ijtimoiy himoya qilish va ularning huquqlarini ta'minlashga doir davlat dasturlarini shakllantiradi hamda amalga oshiradi;
nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlari to'g'risidagi qonunchilik ijrosini ta'minlaydi;
nogironligi bo'lgan shaxslarni tibbiy, kasbiy va ijtimoiy reabilitatsiya qilish sohasida ilmiy tadqiqotlar o'tkazilishini hamda mutaxassislar tayyorlanishini moliyalashtiradi va tashkil etadi;
o'zgalarning parvarishiga va yordamiga muhtoj nogironligi bo'lgan shaxslarga ijtimoiy xizmat ko'rsatish bo'yicha statsionar muassasalar tarmog'ini rivojlantirishga doir choralar ko'radi;
reabilitatsiya, ilmiy-ishlab chiqarish markazlarining, nogironligi bo'lgan shaxslarga ijtimoiy xizmat ko'rsatish statsionar muassasalarining, ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalarining hamda sanatoriy-kurort muassasalarining tarmog'ini yaratadi, shuningdek nogironligi bo'lgan shaxslarga ijtimoiy-maishiy xizmatlar ko'rsatish bo'yicha tashkilotlarni tashkil etadi;
davlat sog'liqni saqlash tizimining ambulatoriya va statsionar davolash-profilaktika muassasalarida tiklash terapiyasi bo'limlarining tarmog'ini yaratadi.
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«Nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlari to'g'risida»gi qonun
13-modda. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlarini ta'minlash sohasidagi vakolatlari
(13-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 5 сентябрдаги ЎРҚ-955-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 09.09.2024 й., 03/24/955/0688-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.