Nodavlat notijorat tashkilotining vakolatxonasi u turgan yerdan tashqarida joylashgan alohida bo'linma bo'lib, nodavlat notijorat tashkilotining manfaatlarini ifodalaydi va himoya qiladi.
Nodavlat notijorat tashkilotining filiali u turgan yerdan tashqarida joylashgan alohida bo'linma bo'lib, uning barcha vazifalarini yoki vazifalarining bir qismini, shu jumladan vakolatxona vazifalarini amalga oshiradi.
Nodavlat notijorat tashkilotining vakolatxonalari va filiallari davlat ro'yxatidan o'tkazilgan paytdan e'tiboran yuridik shaxs maqomiga ega bo'ladi.
Bosh tashkiloti O'zbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlarining hamda chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallari yuridik shaxslardir.
lex.uz’dagi asl matn«Nodavlat notijorat tashkilotlari to'g'risida»gi qonun
9-modda. Nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallari
(9-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 21 августдаги ЎРҚ-1083-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 22.08.2025 й., 03/25/1083/0769-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.