«Nodavlat notijorat tashkilotlari to'g'risida»gi qonun

30-modda. Nodavlat notijorat tashkiloti faoliyatining turlari

(30-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 21 августдаги ЎРҚ-1083-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 22.08.2025 й., 03/25/1083/0769-сон)

Nodavlat notijorat tashkiloti qonun bilan taqiqlanmagan hamda o'zining ta'sis hujjatlarida nazarda tutilgan maqsadlarga muvofiq bo'lgan faoliyatning har qanday turini amalga oshirishi mumkin. Bosh tashkiloti O'zbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan xalqaro va chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallari hamda ularning chet el fuqarolari bo'lgan va fuqaroligi bo'lmagan xodimlari, shuningdek boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarining chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan xodimlari O'zbekiston Respublikasi hududida biror-bir siyosiy faoliyatda hamda mazkur nodavlat notijorat tashkilotlarining ustavlarida belgilangan maqsadlari va vazifalariga muvofiq bo'lmagan boshqa faoliyatda ishtirok etishga haqli emas. Ularning siyosiy partiyalar va ommaviy harakatlar tomonidan o'tkaziladigan amaliy harakatlar hamda tadbirlarni moliyalashtirishiga, bunday tashkilotlarni tuzish tashabbusi bilan chiqishiga va bunday tashkilotlar tuzishni qo'llab-quvvatlashiga yo'l qo'yilmaydi. Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan O'zbekiston Respublikasi hududida chet davlatlardan, xalqaro va chet el tashkilotlaridan, chet davlatlarning fuqarolaridan yoki ularning topshirig'iga binoan boshqa shaxslardan olinadigan pul mablag'lari va mol-mulk hisobidan quyidagilarni amalga oshirish taqiqlanadi: referendum va saylov natijalariga ta'sir o'tkazish yoki ta'sir o'tkazishga urinish; O'zbekiston Respublikasida tuzilgan siyosiy partiyalarning saylovoldi kampaniyalarini qo'llab-quvvatlash. Nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan ayrim faoliyat turlari faqat litsenziyalar asosidagina amalga oshirilishi mumkin. Bunday faoliyat turlarining ro'yxati qonunchilik bilan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.