O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o'z vakolatlari doirasida:
normativ-huquqiy hujjatlarning o'z vaqtida ijro etilishiga qaratilgan zarur tadbirlarni ishlab chiqadi va (yoki) qarorlar qabul qiladi;
vazirliklar va idoralarning ishlarini muvofiqlashtiradi hamda yo'naltiradi, ularning normativ-huquqiy hujjatlarni ijro etishga doir vakolatlarini belgilaydi;
O'zbekiston Respublikasi qonunlarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni ijro etish uchun zimmasiga javobgarlik yuklatiladigan vazirliklarni, idoralarni hamda mansabdor shaxslarni belgilaydi;
normativ-huquqiy hujjatlar o'z vaqtida ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«Normativ-huquqiy hujjatlar to'g'risida»gi qonun
49-modda. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini tashkil etish va ta'minlashga doir vakolatlari
(49-модда биринчи қисмининг учинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 28 ноябрдаги ЎРҚ-880-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 29.11.2023 й., 03/23/880/0905-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.