«Normativ-huquqiy hujjatlar to'g'risida»gi qonun

45-modda. Normativ-huquqiy hujjatning amal qilishini to'xtatib turish va tugatish

(45-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 28 ноябрдаги ЎРҚ-880-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 29.11.2023 й., 03/23/880/0905-сон)

Normativ-huquqiy hujjatning yoki uning bir qismining amal qilishi uni qabul qilgan organ yoxud uning yuqori turuvchi organi tomonidan muayyan muddatga yoki muayyan hodisa yuz berguniga qadar to'xtatib turilishi mumkin. Normativ-huquqiy hujjat yoki uning bir qismi quyidagi hollarda o'zining amal qilishini tugatadi: normativ-huquqiy hujjat yoki uning bir qismi qaysi muddat yoki hodisa yuz berishi uchun mo'ljallangan bo'lsa, o'sha muddat tugaganida yoki hodisa yuz berganida; normativ-huquqiy hujjat yoki uning bir qismi qonunda belgilangan tartibda O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq emas yoxud haqiqiy emas deb topilganda; normativ-huquqiy hujjat yoki uning bir qismi o'z kuchini yo'qotgan deb topilganda; normativ-huquqiy hujjat yoki uning bir qismi bekor qilinganda. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti favqulodda holat joriy etilgan hududda amalda bo'lgan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlarining, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarining, vazirliklar hamda idoralar buyruqlari va qarorlarining, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarining amal qilishini ushbu hujjatlar O'zbekiston Respublikasi Prezidentining favqulodda holat joriy etish to'g'risidagi farmoniga zid bo'lgan taqdirda, favqulodda holatning amal qilish muddatida to'xtatib turishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.