Normativ-huquqiy hujjatlar orqaga qaytish kuchiga ega emas va ular amalga kiritilganidan keyin yuzaga kelgan ijtimoiy munosabatlarga nisbatan qo'llaniladi, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
O'zbekiston Respublikasi qonunining amal qilishi u amalga kiritilguniga qadar yuzaga kelgan ijtimoiy munosabatlarga nisbatan qonunda to'g'ridan-to'g'ri nazarda tutilgan hollardagina tatbiq etiladi. Agar qonunda mazkur qonun qabul qilinguniga qadar javobgarlikka sabab bo'lmagan yoki yengilroq javobgarlikka sabab bo'lgan xatti-harakatlarni sodir etganlik uchun yuridik va jismoniy shaxslarning javobgarligini joriy etish yoxud kuchaytirish nazarda tutilsa, shuningdek agar qonunning qo'llanilishi natijasida yuridik va jismoniy shaxslarga moddiy zarar yetkaziladigan bo'lsa, qonunga orqaga qaytish kuchini berishga yo'l qo'yilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn«Normativ-huquqiy hujjatlar to'g'risida»gi qonun
41-modda. Normativ-huquqiy hujjatning orqaga qaytish kuchi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.