«Normativ-huquqiy hujjatlar to'g'risida»gi qonun

17-modda. Normativ-huquqiy hujjatlar bilan tasdiqlanadigan nizomlar, qoidalar, yo'riqnomalar va boshqa hujjatlar

Normativ-huquqiy hujjatlar bilan ushbu hujjatlarning tarkibiy qismi bo'lgan nizomlar, qoidalar, yo'riqnomalar, reglamentlar, strategiyalar, kontseptsiyalar, doktrinalar, dasturlar («yo'l xaritalari») va boshqa hujjatlar tasdiqlanishi mumkin. Nizom davlat organlari va tashkilotlarning, ular tarkibiy bo'linmalarining maqomini, asosiy vazifalarini, funktsiyalarini, huquq va majburiyatlarini, faoliyatini tashkil etish tartibini, shuningdek u yoki bu sohadagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish tartibini belgilaydi. Qoidalar biror-bir faoliyatni amalga oshirishga doir talablarni belgilaydi. Yo'riqnoma normativ-huquqiy hujjatlarni qo'llashning aniqlashtiruvchi jihatlarini belgilaydi. Reglament davlat organlari va tashkilotlarning ish tartibini, shuningdek davlat organlari va tashkilotlar tomonidan ma'muriy tartib-taomillarni amalga oshirish tartibini belgilaydi. Strategiya mamlakat yoki muhim tarmoqlarni o'rta va uzoq muddatli istiqbolda rivojlantirishning eng asosiy yo'nalishlarini belgilaydi. Kontseptsiya u yoki bu sohadagi davlat siyosatining eng muhim ustuvorliklarini, maqsadlarini, asosiy yo'nalishlarini, vazifalarini va amalga oshirilish mexanizmlarini belgilaydi. Doktrina O'zbekiston Respublikasining u yoki bu sohadagi milliy manfaatlarini ta'minlash maqsadlari, vazifalari, printsiplari va asosiy yo'nalishlarini belgilaydi. Dastur («Yo'l xaritasi») u yoki bu sohadagi davlat siyosatining maqsadlariga erishilishini ta'minlaydigan tadbirlar (vazifalar, amalga oshirish muddatlari, moliyalashtirish manbalari va mas'ul ijrochilar bo'yicha o'zaro bog'liq bo'lgan tadbirlar) va mexanizmlar tizimini belgilaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.