Tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish huquqi berilgan vazirlik yoki idora qayta tashkil etilgan taqdirda, huquqiy vorisga o'z vakolatlari doirasida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqi bilan birga ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga o'zgartishlar, qo'shimchalar kiritish, ularning amal qilishini to'xtatib turish va tugatish vakolatlari ham o'tadi, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Vazirlik yoki idora tugatilgan yoxud u tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish huquqini huquqiy vorisiga bermasdan qayta tashkil etilgan taqdirda, ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga o'zgartishlar, qo'shimchalar kiritish, ularning amal qilishini to'xtatib turish va tugatish vakolatlari yuqori turuvchi organga yoki boshqa vakolatli organga o'tadi.
Vazirlik yoki idora qayta nomlangan taqdirda, uning ilgarigi nomi ko'rsatilgan normativ-huquqiy hujjatlarning qayta nomlanishiga oid qismiga o'zgartirish yoki qo'shimcha kiritilishi lozim. Bunday o'zgartirishlar yoxud qo'shimchalar kiritilguniga qadar ilgarigi nomni o'z ichiga olgan normativ-huquqiy hujjatlarning amal qilishi qayta nomlangan vazirlikka yoki idoraga nisbatan to'liq hajmda tatbiq etiladi.
Vazirlik yoki idora maqomining o'zgarishi ular tomonidan ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning amal qilishi tugatilishiga olib kelmaydi.
lex.uz’dagi asl matn«Normativ-huquqiy hujjatlar to'g'risida»gi qonun
15-modda. Vazirliklar yoki idoralar tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga nisbatan huquqiy vorislik
(15-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 28 ноябрдаги ЎРҚ-880-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 29.11.2023 й., 03/23/880/0905-сон)
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Agar vazirlik yoki idora qayta tashkil etilsa, uning qabul qilgan qonun va buyruqlari shuningdek amal qilishni davom ettiradi. Yangi tashkilot yoki voris tashkilot bu hujjatlarni o'zgartirishi, to'xtatishi yoki tugatishi mumkin. Agar tashkilot tugatilsa, uning hujjatlari yuqori organga o'tadi.
**Kimga tegishli**
Bu qoida vazirliklar, idoralar va ularning voris tashkilotlariga tegishli.
**Amalda**
Sog'liq saqlash vazirligining buyrug'i bor edi. Vazirlik qayta tashkil etildi va Sog'liq saqlash agentligiga aylandi. Agentlik bu buyrug'ni o'zgartirib, yangi talablar qo'shishi yoki tugatishi mumkin. Agar vazirlik tugatilgan bo'lsa, buyruq Bosh vazirlik apparatiga o'tadi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.